O‘zbekistonda jinoyatlarni tergov qilishda kriptoaktivlarni olib qo‘yish va saqlash tartibi tasdiqlandi

O‘zbekiston

O‘zbekistonda jinoyatlarni tergov qilishda kriptoaktivlarni olib qo‘yish va saqlashning yangi qoidalari tasdiqlandi. Yo‘riqnoma raqamli dalillar bilan ishlash, shu jumladan, axborot tashuvchilarni ko‘zdan kechirish va olib qo‘yilgan aktivlarni tergov organlarining maxsus hisob raqamlariga o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Foto: life.ru

O‘zbekistonda tergovga qadar tekshiruv va jinoyatlarni tergov qilish davomida aniqlangan kriptoaktivlarni olib qo‘yish, saqlash va topshirish tartibini tartibga soluvchi IIV, ILMA va Bosh prokuraturaning qo‘shma buyrug‘i qabul qilindi. Hujjat 2024-yil 25-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi (3591-son) va 2024-yil 28-dekabrdan kuchga kirdi. Bu haqda “Norma” huquqiy portali xabar bermoqda.

Yo‘riqnomaga ko‘ra, kriptoaktivlar sohasidagi huquqbuzarliklar bilan bog‘liq ma’lumotlar va dalillar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

  • Raqamli axborot tashuvchilarda.

  • Kripto hamyonlarda (masalan, “Ledger”, “Trezor”, “KeepKey” va boshqalar).

  • Qo‘lyozma yozuvlarda, bloknotlarda va boshqa moddiy jismlarda.

Bunday ashyolarni olib qo‘yishda ularni tekshirish mutaxassislar jalb etilgan holda o‘tkaziladi, obektlarning o‘zi esa ashyoviy yoki yozma dalillar deb topilishi mumkin.

Kriptoaktivlar bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda quyidagi harakatlar nazarda tutiladi:

  • Axborot tashuvchilarni ko‘zdan kechirish.

  • Kriptohamyonlar manzillari bo‘yicha taqsimlangan reyestr ma’lumotlarini tahlil qilish.

  • Kompyuter-texnik ekspertizasini tayinlash.

  • Xizmat ko‘rsatuvchilar va moliyaviy tashkilotlarga so‘rovlar, shu jumladan bank siriga taalluqli ma’lumotlar.

Olib qo‘yilgan kripto-aktivlar tergov organlariga tegishli bo‘lgan maxsus hamyonga o‘tkaziladi.

Yo‘riqnoma Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va kuchga kirdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.