Taniqli estrada xonandasi, “Madaniyat va san’at fidoqori” ko‘krak nishoni sohibi Baxtiyor Sultonov 59 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Baxtiyor Sultonov o‘z kasbiga sadoqatli va fidoyi san’atkor sifatida qalblarimizda mangu yashaydi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
San’atkor 1965-yil 15-fevralda tug‘ilgan va “Bedana”, “Do‘st”, “Dildorim” va boshqa ko‘plab qo‘shiqlari bilan keng shuhrat qozongan.