O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYO organlarida 858 005 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning bir oiladagi bolalar soni bo‘yicha taqsimlanishi statistikasi quyidagicha:
838 524 - bitta bola tug‘ilishi holatlari.
18 982 - qo‘shaloq.
499 - uch karra va undan ortiq.
Shunday qilib, qayd etilgan tug‘ilishlarning eng ko‘pi bitta bola tug‘ilgan oilalarga to‘g‘ri keladi, egizaklar va uch egizaklar kabi ko‘p homilali tug‘ruqlar esa ancha kam uchraydi.
Ushbu ma’lumotlar mamlakatda tug‘ilish dinamikasidan dalolat beradi va demografik vaziyatni baholashga imkon beradi.