Poytaxtda BMW S1000 RR rusumli mototsikl haydovchisi tezlikni oshirgani uchun javobgarlikka tortildi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganov.
Qoidabuzar 310 km/soatgacha bo‘lgan tezlikni o‘tgan yilning avgust oyida yozib olganini va keyinroq Instagramda e’lon qilganini tan oldi.
Mototsiklchiga nisbatan tezlikni soatiga 40 kilometrdan oshirganlik uchun MJtKning 128-3-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma tuzildi.