Yaponiyada sayyoraning eng keksa fuqarosi Tomiko Itooka 116 yoshida vafot etdi.
Tomiko Itooka 1908-yil 23-mayda Osaka shahrida tug‘ilgan. 20 yoshida turmushga chiqqan, to‘qimachilik zavodida ishlagan. Uning eri Kendzi 1979-yilda vafot etgan. Shundan so‘ng Tomiko yolg‘iz, keyin qizlari bilan yashagan va faqat 2019-yilda 110 yoshida qariyalar uyiga ko‘chib o‘tgan.
Itooko Yaponiya bo‘ylab ko‘p sayohat qilgan, 70 yoshida ikki-uch ming metr balandlikdagi tog‘larga ko‘tarilgan va 1988-yilda 80 yoshida 33 ta ibodatxonani qamrab olgan “Osaka Kannon” ziyoratida ikki marta qatnashgan.
100 yoshli Tomiko Itooka hali ham hassasiz yura olardi, kreslo-aravacha unga faqat qariyalar uyida kerak bo‘ldi, deb ta’kidladi Kyodo News.
Gerontologiya tashkilotlari va Ginnesning rekordlar kitobi Tomiko Itookani super uzoq umr ko‘ruvchilar qatoriga qo‘shadi. U tarixdagi yoshi tasdiqlangan 20 nafar eng keksa odam qatoriga kirdi. Dunyodagi eng keksa inson unvoni unga 2024-yilda Kataloniyaning 117 yoshli fuqarosi Mariya Branyas Morera vafotidan keyin o‘tgan.
Hozirda sayyoramizdagi eng keksa odam - braziliyalik 116 yoshli Ina Kanabarro Lukas.