Saidazim Gulyamov vaqtincha UzAuto rahbari bo‘ldi

O‘zbekiston

UzAuto Motors Powertrain boshqaruvchi direktori vaqtincha kompaniya bosh direktori bo‘ldi. U Bo Andersson tayinlangunga qadar bu lavozimda ishlagan.

Saidazim Gulyamov | Foto: Facebook.com / UzAuto Motors Powertrain

UzAuto Motors Powertrain kompaniyasining boshqaruvchi direktori Saidazim Gulyamov endi kompaniya bosh direktori vazifasini bajaradi. Ilgari u Bo Andersson tayinlanishidan oldin bir necha yil davomida ushbu lavozimni egallagan.

Tayinlov to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yagona korporativ axborot portalida e’lon qilindi. Kompaniya aksiyadorlari 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tegishli qarorni qabul qildi.

Gulyamov yangi rahbar tayinlangunga qadar bosh direktorning barcha vakolat va majburiyatlarini oldi. Yangi rahbarni tayinlash to‘g‘risidagi qaror 2025-yil 30-iyunga qadar qabul qilinishi kerak.

Avvalroq UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bosh direktori Bo Andersson o‘z lavozimini tark etgani haqida yozgan edik. U uch yil davomida kompaniyalarni boshqargan. Andersson davrida Andijonda Tracker va Onix modellari ishlab chiqarila boshlandi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.