Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasi 20 yanvardan 6 martgacha Airbus A320 samolyotlarida bajariladigan qator reyslar bekor qilinganini ma’lum qildi. Yechim “ishlab chiqarish zaruriyati” bilan izohlanadi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bekor qilindi:
HH18, Samarqand - Toshkent (22-yanvardan 5-martgacha);
HH701/702, Toshkent - Moskva (Domodedovo) - Toshkent (25-yanvardan 1-martgacha);
HH703/704, Farg‘ona - Moskva (Domodedovo) - Farg‘ona (24-yanvardan 28-fevralgacha);
HH705/706, Namangan - Moskva (Domodedovo) - Namangan (21-yanvardan 3-martgacha);
HH707/708, Toshkent - Moskva (Domodedovo) - Toshkent (20-martdan 4-martgacha);
HH709/710, Buxoro - Moskva (Domodedovo) - Buxoro (25-yanvardan 1-martgacha);
HH712, Moskva (Domodedovo) - Samarqand (20-yanvardan 3-martgacha);
HH715/716, Toshkent - Moskva (Domodedovo) - Toshkent (20-yanvardan 3-martgacha);
HH717/718, Toshkent - Moskva (Domodedovo) - Toshkent (22-yanvardan 6-martgacha);
HH741/742, Samarqand - Sankt-Peterburg - Samarqand (21-yanvardan 5-martgacha);
HH743/744, Namangan - Sankt-Peterburg - Namangan (21-yanvardan 4-martgacha).
Parvozlari bekor qilingan yo‘lovchilarga aviachiptalar uchun pulni qaytarish yoki uchish sanalarini o‘zgartirish taklif etiladi.