7-yanvardan O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo kirib kelishi boshlanadi. Ushbu kunda asosan yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik Buxoro, Navoiy viloyatlarida, shuningdek kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuzatiladi. Qoraqalpog‘istonda kechasi va ertalab yog‘ingarchilik kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
8-yanvar: ayrim hududlarda qor yog‘ishi saqlanib turadi
8-yanvar kechasi va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik, asosan qor yog‘ishi saqlanib turadi. 8 yanvar kuni kunduz kuni, shuningdek, 9 va 10 yanvar kunlari respublikaning barcha hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin.
Harorat va shamol
8-10 yanvarda kechasi havo harorati 3-6° sovuqgacha pasayadi, kunduz kunlari 5-8° iliqdan 0-3° sovuqgacha o‘zgarib turadi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent ob-havosi
Poytaxtda 6-10 yanvar kunlari asosan quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 7 yanvar kuni kechqurun va 8 yanvar kuni kechasi yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab ba’zi joylarda tuman tushishi kutilmoqda.
Toshkentda havo harorati:
6-yanvar: kunduzi 8-10° iliq bo‘ladi.
7 yanvarda kechasi 1-3° iliq, kunduzi 6-8° iliq bo‘ladi.
8-yanvar: kechasi va kunduzi -1°C dan +1°C gacha.
9 yanvarda kechasi 3-5° sovuq, kunduzi 2-4° iliq bo‘ladi.
10 yanvarda kechasi 3-5° sovuq, kunduzi 5-7° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda shamol 7 yanvarda 10-12 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
6-8 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.