O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari o‘tgan yili qisqa muddatli ta’tilga chiqqandi. U 26-iyulda boshlanib, 6-avgustda yakunlangan.
Ta’til qancha davom etishi va davlat rahbari uni qayerda o‘tkazishi ma’lum emas.