Xitoyning O‘zbekiston bilan vizasiz rejimi 2025-yilning birinchi yarmida kuchga kirishi kerak. Bu haqda respublika TIVdagi manba “Взгляд.uz”ga ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 1 martdan boshlab O‘zbekistonda bo‘lib turgan Xitoy fuqarolari, shu jumladan Xitoyning maxsus ma’muriy hududlari hisoblangan Gonkong va Makao fuqarolari uchun 10 kungacha muddatga vizasiz rejim amal qiladi.
Bundan tashqari, joriy yilning 1-dekabr kuni Chendu shahrida “Xitoy Xalq Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida o‘zaro vizasiz rejim to‘g‘risida”gi bitim imzolandi.
Hozirgi vaqtda ushbu hujjatning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki huquqiy tartib-taomillari o‘tkazilmoqda.
Nashr suhbatdoshining ta’kidlashicha, ular yaqin vaqt ichida yakunlanishi mumkin, ammo aniq muddatlari hozircha noma’lum.