Toshkentda yo‘lovchilar yo‘l haqi uchun naqd pulda jarimaga tortila boshlaydi

O‘zbekiston

1-yanvardan boshlab Toshkent avtobuslarida yo‘lkira uchun naqd pul qabul qilish to‘xtatildi. Endi naqd pul bilan hisob-kitob qilishga uringan yo‘lovchilar va bunday to‘lovlarni qabul qilgan haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Foto: Rustam Abduhakimov / Взгляд.uz

Avvalroq Toshkentda 1-yanvardan boshlab avtobuslarda chipta haqi naqd pulda to‘lanishi taqiqlangani haqida yozgan edik. Yo‘l haqini naqd pulda to‘lashga uringan yo‘lovchilar ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

“Vaziyat Transport inspeksiyasining hududiy inspektorlari tomonidan nazorat qilinmoqda. Birinchi qoidabuzarlikda ogohlantirish chiqariladi. Agar qoidabuzarlik takrorlansa, haydovchi va yo‘lovchiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi”, - dedi Transport inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘limi inspektori Salimjon Nishonboyev.

Bayonnoma O‘zR MJtKning 144-moddasi (Biletsiz yurish) va 145-moddasiga (Yo‘lovchilarni biletsiz tashish) muvofiq tuziladi. Yo‘lovchi BHMning 1/10 qismi (37,5 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi.

Qayd etilishicha, “Toshshahartransxizmat” AJ barcha avtobuslarga videokuzatuv kameralarini o‘rnatgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.