O‘zbekiston Markaziy banki 2025 yil 1 yanvardan 31 dekabrga qadar bir kishi rasmiylashtirishi mumkin bo‘lgan bank kartalari sonini cheklovchi vaqtinchalik tartib o‘rnatadi, deb xabar bermoqda Spot.uz.
Maksimal 20 ta kartaga ega bo‘lish mumkin, ulardan ko‘pi bilan 5 tasi bitta bankda. Ushbu cheklovlar xorijiy valyutada ochilgan kartalarga tatbiq etilmaydi.
Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolarning aksariyati (97%) 5 tadan ko‘p bo‘lmagan, 3% - 5 tadan 20 tagacha, faqat 0,03% - 20 tadan ko‘p kartalarga ega. Cheklovlar firibgarlikka qarshi kurash bilan bog‘liq: ba’zi kartalar jinoyatchilar tomonidan egalarining ruxsatisiz ishlatiladi.