Makron Ilon Maskni Germaniyadagi muddatidan ilgari parlament saylovlariga aralashganlikda aybladi

Dunyo

Emmanuel Makron Ilon Maskning saylovlarga aralashuvi, jumladan, Germaniyadagi o‘ta o‘ng partiyani qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Fransiya prezidenti eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri egasining xalqaro siyosatga ta’sirini tanqid qildi.

Фото: bloomberg

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron amerikalik tadbirkor Ilon Mask boshqa mamlakatlardagi saylovlarga, jumladan, Germaniyadagi muddatidan ilgari parlament saylovlariga aralashganini aytdi. Bu haqda u Yelisey saroyining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida efirga uzatilgan chiqishida aytib o‘tdi.

Makron Maskning ismini tilga olmadi, ammo Fransiyaning Libération nashri gap aynan u haqida ketayotganini ta’kidladi. Nashrga ko‘ra, Fransiya prezidenti Maskni "Germaniya uchun alternativa" o‘ta o‘ng partiyasini qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

Makron o‘z nutqida AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga ham murojaat qilib, Fransiyani o‘zining ittifoqchisi deb bilishini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Trampning hurmatini saqlab qolish uchun Fransiyaning kuchli pozitsiyasi muhimligini ta’kidladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.