Xitoy janubi-g‘arbidagi Tibet avtonom tumanida 7,1 magnitudali zilzila qayd etildi. Hozirda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 50 kishi halok bo‘lgan, 62 kishi jarohatlangan.
Takroriy zilzilalar xavfi tufayli aholini evakuatsiya qilish boshlandi. Shigatse shahri va Dingri okrugi eng ko‘p zarar ko‘rdi. U yerda binolar vayron bo‘lgan. Tremor Nepal va Hindistonda ham sezilgan.
Ertalab soat 10 ga kelib, “ko‘p sonli aftershoklar” qayd etildi, ularning eng kattasi 4,4 magnitudali edi, deb ta’kidlaydi Sinxua.
Geologik xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, epitsentr 80 mingga yaqin aholi yashaydigan Shigadze shahridan 163 km uzoqlikda joylashgan.
Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan.