Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida onasi kaltaklagan to‘rt yoshli qizcha vafot etdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati “Взгляд.uz”ga ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 23 dekabr kuni tuman tibbiyot birlashmasiga turli tan jarohatlari bilan qizcha yotqizilgan edi. Dastlabki tergovda aniqlanishicha, bolani 47 yoshli ona shafqatsiz kaltaklagan.
Tibbiy xulosaga ko‘ra, bolada yopiq bosh miya jarohati, bosh miyaning og‘ir lat yeyishi va boshning boshqa jiddiy jarohatlari qayd etilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, qiz 7 yanvar kuni vafot etgan.
“Jinoyat tarkibining o‘zgarishi, ya’ni jabrlanuvchining o‘limi jinoyatning yuridik baholanishiga bevosita ta’sir qiladi — ayblov yanada og‘irroq jazoni nazarda tutuvchi modda bilan qayta malakalanadi. Bu tergov organlari tomonidan amalga oshiriladi”, — deya ta’kidladi Bolalar ombudsmani idorasi.