Toshkent viloyatida 1-fevraldan issiqlik ta’minoti korxonalarining isitish va issiq suv ta’minoti uchun tariflari oshiriladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi 6 yanvar kuni yangi stavkalarni tasdiqladi. Qarorda ta’kidlanishicha, qaror hududdagi issiqlik korxonalari tomonidan taqdim etilgan xulosalar asosida qabul qilingan.

Viloyat “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasidan xizmatlar oluvchi iste’molchilar uchun xizmatlar narxi:

  • aholi uchun – 93 464 so‘m/Gkal (ilgari 81 312 so‘m);

  • budjet tashkilotlari uchun – 560 000 so‘m/Gkal (140 218,8);

  • boshqa ulgurji tashkilotlar uchun – 358 400 so‘m/Gkal (140 218,8).

  • Chirchiq shahridagi “Issiqlik energiyasi” ishlab chiqarish korxonasidan xizmatlar oluvchi iste’molchilar uchun xizmatlar qiymati:

  • aholi uchun – 101 301,2 so‘m/Gkal (ilgari 88 088 so‘m);

  • byudjet va ulgurji tashkilotlar uchun – 568 960 so‘m/Gkal (136 416).

Shuningdek, “Angren issiqlik energiyasi” DUK va “Olmaliq issiqlik manbai” MCHJ tomonidan iste’molchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi ham o‘zgaradi.