Termiz aeroporti ob-havo yaxshilangandan keyin reyslarni qabul qilishni tikladi, deb xabar qildi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Avvalroq, quyuq tuman tufayli Silk Avia aviakompaniyasining Toshkent - Termiz (US751) reysini amalga oshirayotgan samolyoti Samarqandga qo‘nishga majbur bo‘lgan edi.
Bundan tashqari, Air Samarkand havo layneri ob-havo yomonligi sababli Termiz o‘rniga Buxoroga so‘nggi reys yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskva-Termiz yo‘nalishi bo‘yicha uchgan samolyoti ham Termiz havo bandargohiga qo‘na olmadi. Havo kemasi Qarshiga yo‘naltirildi.