Tuman tufayli Termiz aeroporti bir nechta reyslarni qabul qila olmadi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Silk Avia aviakompaniyasining Toshkent-Termiz (US-751) reysini amalga oshirayotgan samolyoti ob-havo yomon bo‘lgani sababli Samarqand aeroportiga jo‘natildi.
Air Samarkand aviakompaniyasining Jiddadan Termizga yo‘nalgan 9S412 reysi ekipaji samolyotni Buxoroga yo‘naltirishga qaror qildi.
“Uzbekistan Airways HY-9610 Moskva - Termiz reysi ekipaji belgilangan aeroportda kuchli tuman tufayli Samarqandga ketishga qaror qildi”, — dedi Uzbekistan Airports vakili.