Tashqi ishlar vazirligi Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyartoning Ukraina Rossiya gazi tranzitini to‘xtatib, Yevropa Ittifoqini og‘ir iqtisodiy vaziyatga solib qo‘ygani haqidagi bayonotini tanqid qildi.
“Agar Vengriya uchun Yevropa Ittifoqi va AQSH emas, balki Rossiyani kuchaytirish ustuvor bo‘lsa, buni ochiq tan olish kerak. Agar Vengriya uni MDH yoki KXSHTga a’zo bo‘lish foydasiga ozod qilishga qaror qilsa, Ukraina Yevropa Ittifoqi va NATOda bo‘sh o‘rinni egallashga tayyor bo‘ladi”, — deya ta’kidladi vazirlik.
Tashqi ishlar vazirligi Vengriya tomonining bayonotlarini “manipulyatsiya” deb atadi. Diplomatik idoraning bayonotiga ko‘ra, Budapesht bayonotlari “ichki iste’mol uchun siyosiy asoslangan axborot kampaniyasining bir qismidir”.
Qayd etilishicha, deyarli barcha Yevropa davlatlari o‘zlarini AQSH va Yaqin Sharqdan muqobil energiya manbalari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega.
“Yevropa Ittifoqining yigirma yetti davlatidan faqat ikkitasi bu vazifani uddalay olmadi va endi o‘z muammolarini kasal boshdan sog‘lom boshga o‘tkazishga harakat qilmoqda”, — deya ta’kidladi TIV.