Aksilkorrupsiya agentligi 263,9 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlarini bekor qildi

O‘zbekiston

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2024-yilda umumiy qiymati 263,9 mlrd so‘mlik 234 ta noqonuniy davlat xaridini bekor qildi. Yil davomida jami 552,5 mlrd so‘mlik 273 ta xarid tekshirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2024-yilda umumiy qiymati 263,9 mlrd so‘mlik 234 ta noqonuniy davlat xaridini bekor qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Yil davomida jami 552,5 mlrd so‘mlik 273 ta xarid tekshirildi.

Shuningdek, vazirlik va idoralarga 257 ta taqdimnoma, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 273 ta so‘rov yuborildi.

Ayni paytda 104 nafar fuqaroni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Yana 85 kishi intizomiy jazoga tortilishi mumkin.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.