O‘zbekistonda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi doirasida ov qilishga moratoriy joriy etilishi rejalashtirilgan.
Tashabbus yovvoyi hayvonlar populyatsiyasini tiklashga qaratilgan. Cheklovlar 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab amal qila boshlaydi va 2028 yil 1 yanvargacha davom etadi.
Moratoriy fermer xo‘jaliklari, pitomniklar, inkubatorlar yoki baliqchilik hovuzlarida yetishtirilgan hayvonlarni ovlashga, shuningdek, sanitariya ovlariga ta’sir qilmaydi.
Bundan tashqari, 2025-yil kuzidan boshlab yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ib olish kvotalari va ulardan foydalanishga ruxsatnomalar elektron auksionlar orqali taqdim etiladi.