Namangan viloyati Pop tumanida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i xizmat mashinasida 160 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olindi, deb xabar berdi O‘zA.
Ushbu pul evaziga tuman hokimining qarori bilan 2021 yil fevral oyida oilasining besh a’zosiga limon yetishtirish maqsadida issiqxona qurish uchun ajratilgan 2 gektar yer maydonini tanish mansabdor shaxslar orqali qayta rasmiylashtirishga va’da bergan. Bundan tashqari, u bu joyda kottejlar qurishga ruxsat olishi kerak edi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (ko‘p miqdorda firibgarlikka urinish) orqali 168-moddasi 4-qismi "a" bandi va JKning 28-moddasi (ko‘p miqdorda pora berish) orqali 211-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.