Sovuq, ammo quyoshli: dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston

O‘zbekistonda 10–13-yanvar kunlari asosan ochiq havo kutilmoqda, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Toshkentda kunduzi havo harorati 11 darajagacha ko‘tariladi.

Foto: “Взгляд.uz”

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, kelgusi dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida asosan ochiq havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmayapti.

Kechasi havo harorati 0 dan -3 darajagacha, ba’zi joylarda -5 darajagacha pasayishi mumkin. Kunduzi havo +6...+11 darajagacha isiydi. Qoraqalpog‘istonda kechasi harorat -5 dan -10 darajagacha, kunduzi esa +2 dan +7 darajagacha o‘zgarib turadi.

Respublikaning ayrim hududlarida kechasi va ertalab tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan esadi, uning tezligi kuchsizdan o‘rtachagacha bo‘ladi.

Toshkentda ham ochiq havo kutilmoqda, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Kechasi harorat 0...-3 daraja, kunduzi esa +8...+11 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.