Pokiston bosh vaziri fevral oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bosh vazir O‘zbekistonga Karachi portidan tranzit savdo uchun foydalanishni taklif qilishi, shuningdek, muhim savdo kelishuvlarini imzolashi kutilmoqda.

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif fevral oyining uchinchi haftasida Ozarbayjon va O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar berdi The News International.

O‘zbekistonga tashrif ikki kun davom etadi. Shahboz Sharif O‘zbekistonga Karachi portidan tranzit savdo uchun foydalanishni taklif qilishi, shuningdek, muhim savdo bitimlarini imzolashi kutilmoqda.

Tomonlar, shuningdek, Pokiston-Afg‘oniston mojarosini hal qilishda respublikaning ishtirokini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlanishicha, 2024-yil dekabr oyi oxiridan ikki davlat chegarasida eskalatsiya kuzatilmoqda, buning natijasida Pokiston toliblarga qarshi kurashda o‘ziga ittifoqchi topishdan manfaatdor.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.