MB bitta bank va ikkita moliya tashkilotiga nisbatan sanksiyalar qo‘lladi

O‘zbekiston

Bank nazorati qo‘mitasi bank, mikromoliya tashkiloti va lombardga jarimalar qo‘lladi. Yana to‘qqizta bank ogohlantirildi. Markaziy bank tashkilotlarining nomlarini, har doimgidek, aniqlashtirmadi.

Foto: Markaziy bank

O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan bir qator moliya muassasalariga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan.

2024-yil dekabr oyida qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan 6 ta yig‘ilishda 37 ta masala ko‘rib chiqildi. Muhokamalar natijasiga ko‘ra, aniqlangan qoidabuzarliklar uchun bir bank, mikromoliya tashkiloti va lombardga nisbatan choralar ko‘rildi.

Bundan tashqari, 9 ta bank, 2 ta lombard va 1 ta mikromoliya tashkiloti ogohlantirilgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.