Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida farg‘onalik 2 yoshli qizchaning oshqozonidan 135 dona magnit sharchalar ajratib olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, qizaloq magnit sharchalar bilan o‘ynagan va jarayonda ulardan bir nechtasini yutib yuborgan. Vaqt o‘tishi bilan ular uning oshqozonida to‘planib, bolaning hayotiga jiddiy tahdid sola boshladi.
Ota-onalar zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona viloyati filialiga murojaat qilishdi. Tekshiruv davomida ikki joyda magnitlar to‘planishi aniqlandi.
Shifokorlar konservativ davolanishga murojaat qilishdi va kateter orqali 14 ta sharni olib tashlashga muvaffaq bo‘lishdi, ammo ularning aksariyati ichkarida qoldi.
Vaziyat shoshilinch choralar ko‘rishni talab qildi. Shu sababli ota-onalar bolani Toshkentga, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelishgan. Bu yerda bolani yana ko‘rikdan o‘tkazib, jarrohlik operatsiyasini tayinlashdi.
Shifokorlarning sa’y-harakati bilan qizchaning oshqozonidan 135 ta magnit sharchalarini ajratib olishga muvaffaq bo‘lindi.
To‘rt yarim soat davom etgan ushbu murakkab operatsiyani tibbiyot fanlari doktori, professor Habibulla Oqilov hamda markazning Nozim O‘rmonov, Dilmurod Sobirov kabi tajribali mutaxassislari amalga oshirdi.
Ayni paytda bola shifokorlar nazorati ostida o‘zini yaxshi his qilmoqda.