Blue Origin New Glenn raketasining birinchi parvozini bekor qildi

Texno

Jeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi texnik nosozlik tufayli New Glenn raketasini uchirishni to‘xtatdi. New Glenn raketasi sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarish uchun mo‘ljallangan va Blue Origin uchun katta yutuq bo‘lishi mumkin. Biroq SpaceX`dan farqli o‘laroq, kompaniya hali orbital uchirishlarni amalga oshirmagan.

Foto: space.com

Amazon asoschisi Jeff Bezosga tegishli va SpaceX`ning asosiy raqobatchisi bo‘lgan Blue Origin kompaniyasi o‘zining New Glenn og‘ir raketasining birinchi uchirilishini bekor qilganini e’lon qildi. Kompaniyaning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida buning sababi transport vositasining quyi tizimi bilan bog‘liq muammoning aniqlanishi va uni bartaraf etish zarurligi haqida xabar berilgan.

Dastlab, uchirish 12 dan 13 yanvarga o‘tar kechasi Kanaveral burnidan rejalashtirilgan edi. New Glenn - sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarish uchun ishlab chiqilgan birinchi Blue Origin raketasi. Muvaffaqiyatli uchirish SpaceXdan farqli o‘laroq, hozircha orbital uchirishlarni amalga oshirmagan kompaniya uchun muhim yutuq bo‘lishi mumkin, deb yozadi BBC.

CNBC`ning yozishicha, missiya rejalariga ko‘ra, uchirilgandan so‘ng raketaning birinchi ko‘p martalik bosqichi Atlantika okeanidagi platformaga qo‘nishi, ikkinchisi esa orbitaga foydali yukni yetkazib berishni davom ettirishi kerak edi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.