Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqandda 39, 50, 56, 63 va 72 yoshdagi 5 kishi zaharlanish oqibatida vafot etgan.

Shunga ko‘ra, hodisaga oid barcha holatlarni aniqlash maqsadida prokuratura tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, hodisa sabablarini aniqlashga yordam beradigan sud-kimyoviy ekspertizasi tayinlangan. Tekshiruv natijalari keyinroq e’lon qilinadi.

Avvalroq, ba’zi ommaviy axborot vositalari zaharlanish alkogolli ichimliklarni iste’mol qilgandan keyin sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.