Shveysariya AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvini tashkil etishga tayyor. Bu haqda Shveysariyaning Le Temps gazetasiga Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Nikolya Bido ma’lum qildi.
“Burgenshtokdagi sammitdan so‘ng Ukraina, Rossiya va AQSH tinchlik o‘rnatish bo‘yicha har qanday diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligimiz haqida muntazam ravishda xabardor bo‘lib turishdi”, — dedi TIV vakili.
Le Temps ta’kidlashicha, Shveytsariya hukumati muzokaralarni tashkil etish uchun tashabbus ko‘rsatmoqchi emas. Nashrning ta’kidlashicha, Shveytsariya Tramp va Putinning uchrashuvini qabul qilishga tayyor bo‘lgan bir nechta davlatlardan biridir.
Donald Tramp avvalroq Rossiya-Ukraina urushiga chek qo‘yish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini aytgan edi. 7 yanvar kuni Tramp 20 yanvar kuni AQSH prezidenti lavozimini egallaganidan keyin olti oy ichida Putin bilan uchrashishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.