O‘zbekistonda xavfli moddalar, mahsulotlar va kimyoviy moddalar muomalasi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagi ro‘yxatlar tasdiqlandi:
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlangan xavfli mahsulotlar va chiqindilar.
Mamlakatga olib kirish taqiqlangan o‘simliklarni va turg‘un organik ifloslantiruvchilarni himoya qilish vositalari.
Import va eksport davlat tomonidan tartibga solinishi hamda majburiy ekologik sertifikatlanishi lozim bo‘lgan xavfli mahsulotlar va chiqindilar.
Qaror ekologik xavfsizlikni yaxshilash va xavfli moddalar muomalasini nazorat qilishga qaratilgan.