Oʻzbekistonda aerotaksi paydo boʻlishi mumkin

O‘zbekiston

Qurilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aeroportida aerotaksi va VIP taksi xizmatlarini joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, ushbu loyiha doirasida biznes aviatsiyasi sohasida taʼmirlash, sotish va saqlash xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi.

Qurilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aeroportida VIP va CIP mijozlarga xizmat koʻrsatishni tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bir kun avval Oʻzbekiston Transport vazirligi va BAAning JETEX kompaniyasi oʻrtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun asos yaratishi kerak boʻlgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

JETEX “Toshkent-Sharqiy” aeroportida FBO shaklidagi davlat-xususiy sheriklik asosida VIP va CIP mijozlarga xizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda.

Biznes aviatsiyasi sohasida taʼmirlash, sotish va saqlash xizmatlarini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. Shuningdek, aerotaks va VIP taksi xizmatlari joriy etiladi.

Oʻzbekistonda biznes-aviatsiya sohasida 200 dan ortiq yuqori malakali ish oʻrinlari yaratiladi.

FBO (Fixed Base Operator) - havo kemalariga yoqilgʻi quyish, toʻxtash joyi, angarlarda saqlash, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashni oʻz ichiga olgan kompleks xizmat.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.