Firibgarlikda ayblangan shaxs Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

O‘zbekiston

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 55 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Uning harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolar IIVga murojaat qilishlari so‘ralmoqda.

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ma’lum qilishicha, 2015 yildan beri qidiruvda bo‘lgan 35 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Fuqaro I. U. B. avtomobil oldi-sotdisi sohasidagi ko‘plab firibgarlik jinoyatlari uchun qidirilayotgan edi.

U 11 yanvar kuni Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Ichki ishlar vazirligi uning harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolarni IIV yoki uning bo‘linmalariga murojaat etishga chaqirdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.