Parijda 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarining 100 dan ortiq nuqsonli medallari sportchilar tomonidan qaytarildi, bu esa Parij zarbxonasining uch nafar rahbar xodimining ishdan bo‘shatilishiga olib keldi, deb xabar bermoqda La Lettre.
Bronza medallariga oid dastlabki shikoyatlar avgust oyida kelib tushgan. Norozilar orasida amerikalik skeytbordchi Nayja Xyuston hamda fransuz suzuvchilari Maksim Grusse va Kleman Sekki bor bo‘lib, Sekki o‘z medalini “timsoh terisiga” o‘xshatgan.
O‘yinlar tashkilotchilari shikastlangan mukofotlarni almashtirib berishga va’da berishdi.