Toshkent shahridagi prezident maktabi Shayx Zayd Ol Nahayon nomidagi mukofotni qoʻlga kiritdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston rahbari matbuot xizmati.
Poytaxtdagi taʼlim muassasasi “Global oʻrta maktablar” nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Mukofotni BAA prezidenti shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Taqdirlash marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Davlat rahbari maktab vakillari bilan uchrashib, ularni gʻalaba bilan tabrikladi.
Toshkent shahridagi prezident maktabi yomgʻir suvini toʻplash va filtrlash tizimi loyihasi bilan mukofotga sazovor boʻldi.
Maktabning ikki oʻquvchisi tomonidan taqdim etilgan loyihada ichimlik suvi tanqis boʻlgan tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer uchastkalaridan sezilarli miqdorda yomgʻir suvini yigʻish taklif etilgan. Buning uchun yopiq rezervuarlar (sisternalar) va filtr uskunalaridan foydalanish koʻzda tutilgan boʻlib, ular yordamida suv ichimlik va maishiy ehtiyojlar uchun qayta ishlanadi.