Buxorodan Moskvaga uchayotgan Uzbekistan Airways samolyotida dvigatel ishlamay qoldi

O‘zbekiston

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Buxoro–Moskva yoʻnalishida uchayotgan samolyoti dvigatellaridan biri ishlamay qoldi. Layner eson-omon qoʻndirildi. 132 nafar yoʻlovchidan hech biri tan jarohati olmagan, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Buxoro–Moskva yoʻnalishida uchayotgan A-320 Uzbekistan Airways samolyotida dvigatellardan biri ishlamay qoldi.

Ekipaj komandiri qoʻnish uchun ustuvorlikni soʻradi, Vnukovo aerodromida “koʻk” (parvozdagi aviatsiya hodisasi) kodi boʻyicha trevoga eʼlon qilindi.

Qoʻnish muvaffaqiyatli amalga oshirildi, bortda 132 yoʻlovchi bor edi. Flightradar xizmati maʼlumotlariga koʻra, parvoz Moskva vaqti bilan soat 7:43 da Vnukovoga eson-omon qoʻndi.

Aviatashuvchi Vnukovo aeroportida havo kemasining texnik nosozligini tasdiqladi. Shu sababli bir nechta reyslar kechiktirildi. Xususan, quyidagi parvozlar harakatning taxminiy jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi:

  • HY9628 — Moskvadan joʻnab ketish 17:25, Fargʻonaga yetib kelish 23:40;

  • HY9627 — Fargʻonadan joʻnab ketish 16-yanvar soat 00:50, Moskvaga yetib kelish 16-yanvar soat 03:35;

  • HY9608 — Moskvadan 16-yanvar kuni soat 04:50, Buxoroga 16-yanvar kuni soat 10:45 da yetib keladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.