Poytaxt IIBB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 2024-yilda Toshkent shahrida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalar bilan bogʻliq 3447 ta jinoyat ishi roʻyxatga olingan. Shundan jinoyatlarning 70 foizi (2413 ta holat) internet orqali sodir etilgan.
Oʻtkazilgan tadbirlar natijasida 238 kilogrammdan ortiq taqiqlangan moddalar musodara qilingan.
15-yanvardan poytaxtda “Xavfsiz va sogʻlom poytaxt” nomli maxsus tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi boshlangan. Aksiya doirasida sovuq qurol olib yurish, giyohvandlik moddalarini “yashirin joylar”ga qoʻyish orqali tarqatish, “narkograffiti” chizish va boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar kabi huquqbuzarliklarni aniqlashga qaratilgan tungi reydlar kuchaytirilgan.