Isroil va Falastinning HAMAS radikal harakati birinchi bosqichda 42 kunga oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi, dedi Qatar bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy.
Uning soʻzlariga koʻra, kelishuv 19-yanvar kuni kuchga kiradi. Shuningdek, tomonlar garovga olinganlarni ozod qilishga kelishib oldilar.
Isroil prezidenti Itsxak Gersog xalqqa murojaat qilib, kelishuvni “toʻgʻri va zarur qadam” deb atadi. Shuningdek, u Netanyaxuga minnatdorchilik bildirib, hukumatni “oʻgʻil va qizlarimizni uyga qaytarish” uchun hujjatni tasdiqlashga chaqirdi.
Bu orada Isroil armiyasi Gʻazo sektoridan ozod qilingan garovga olinganlarni qabul qilishga tayyorgarlik koʻrishni boshladi, operatsiya “Ozodlik qanotlari” deb nomlangan. Biroq Falastin maʼmuriyati aholini kelishuv tafsilotlari maʼlum boʻlmaguncha Isroil harbiylari joylashgan Gʻazo hududlaridan uzoqroq turishga chaqirdi.
HAMAS rasman kelishuvga erishilganini eʼlon qilib, uni Isroil bilan “mojarodagi burilish nuqtasi” deb atadi.
HAMASning Gʻazodagi rahbari Xalil al-Xeyya falastinliklarni qoʻllab-quvvatlagan Rossiya va boshqa davlatlarga minnatdorchilik bildirdi. U anklav aholisini sulh bilan tabrikladi, biroq Isroil bilan qarama-qarshilik davom etishini taʼkidladi.