O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, 12 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolani yoki 16 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biri yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxs qo‘shimcha haq to‘lanadigan ta’til olish huquqiga ega. Uning davomiyligi yiliga kamida to‘rt kalendar kunni tashkil etadi.
Ushbu turdagi ta’til asosiy yillik mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi yoki alohida foydalanilishi mumkin. Bunda uni qismlarga ajratish va joriy ish yili davomida ish beruvchi bilan kelishilgan davrda foydalanish mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu ta’tilni keyingi ish yiliga ko‘chirish yoki uni pul kompensatsiyasi bilan almashtirishga qonun hujjatlarida yo‘l qo‘yilmaydi.