Turkiyaning IC İçtaş İnşaat kompaniyasi Samarqand — Buxoro tezyurar yo‘li qurilishiga sarmoya kiritmoqda

O‘zbekiston

IC İçtaş İnşaat kompaniyasi Samarqand — Buxoro pulli (tezyurar) yo‘l qurilishiga sarmoya kiritmoqda. O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Loyiha 2030 yilgacha DXSH dasturiga kiritilgan bo‘lib, mamlakatning uchta hududini qamrab oladi.

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Turkiyaning IC İçtaş İnşaat kompaniyasi (IC Holdingning bir qismi) Samarqand va Buxoro o‘rtasidagi pullik avtomobil yo‘li qurilishida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Kompaniya Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Qiymati 1 milliard dollarga baholangan loyiha 2030 yilgacha bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik (DXSH) dasturiga kiritilgan. Yangi tezyurar yo‘l Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari orqali o‘tadi.

Bundan tashqari, IC İçtaş İnşaat O‘zbekistonda yo‘llar va ko‘priklarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha boshqa DXSH loyihalarida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Kompaniya qurilish sohasida 55 yildan buyon faoliyat yuritib, Istanbuldagi 150 kilometrlik avtomobil yo‘li va Bosfor ko‘prigi kabi yirik loyihalarni amalga oshirgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.