Toshkent viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport bazasi tashkil etiladi

O‘zbekiston

Bo‘stonliq tumanidagi Xo‘jakent shaharchasi hududida nogironligi bo‘lgan sportchilar uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasi qurilishi boshlandi. Unga 50 gektar yer maydoni ajratilgan.

Bo‘stonliq tumanidagi Xo‘jakent shaharchasi hududida nogironligi bo‘lgan sportchilar uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasi qurilishi boshlandi. Unga 50 gektar yer maydoni ajratilgan. Tegishli qaror Toshkent viloyati hokimi tomonidan imzolandi.

Qayd etilishicha, hozirda poytaxt viloyatida 14 turdagi parasport bilan shug‘ullanish uchun sharoit yaratilgan. Ular bilan 500 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar muntazam shug‘ullanmoqda. Qurilayotgan sport bazasi bu boradagi imkoniyatlarni kengaytirishda yana bir qadam bo‘ladi.

Kelgusida sport maktablarida moslashuvchan sport turlari bo‘yicha guruh va seksiyalar tashkil etish, mahallalardagi sport maydonchalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirish ham rejalashtirilgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.