2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi: investitsiyalar va eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha rekordlar

O‘zbekiston

2024-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 6,5 foizga o‘sib, 115 mlrd dollarga yetdi. Xorijiy investitsiyalar 1,6 barobar ko‘paydi, eksport esa birinchi marta 27 milliard dollarga yetdi. Biroq bir qator sohalarda orqada qolishlar qayd etilgan bo‘lib, prezident bu haqda alohida to‘xtalib o‘tdi.

Фото: пресс-служба президента Узбекистана

2024-yilda Oʻzbekiston iqtisodiyoti barqaror oʻsishni namoyish etdi — YIM 6,5 foizga oʻsib, 115 milliard dollarni tashkil etdi. Bu maʼlumotlar prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida investitsiyalar masalalari boʻyicha oʻtkazilgan selektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

Xorijiy investitsiyalar hajmi 1,6 barobarga oshib, 34,9 milliard dollarga yetdi. Mamlakatda 10 milliard dollarlik 242 ta yirik va oʻrta loyihalar amalga oshirildi, eksport hajmi esa birinchi marta 27 milliard dollardan oshdi.

Oʻzbekistonning 50 ta tumanida jalb qilingan investitsiyalar hajmi 100 million dollardan oshdi. Bu koʻrsatkich 2023-yilga nisbatan ancha yuqori, oʻshanda bunday tumanlar soni atigi 11 ta edi. Eng koʻp - 300 million dollardan ortiq investitsiya Davlatobod, Yangi Namangan, Mirzo Ulugʻbek, Chilonzor, Shayxontohur tumanlariga hamda Namangan va Samarqand shaharlariga kiritildi.

Bir qator tarmoqlarda yuqori natijalar qayd etildi: togʻ-kon, neft-gaz, kimyo sanoati va qishloq xoʻjaligida rejalar ikki barobar oshirib bajarildi. Biroq, toʻqimachilik tarmogʻida investitsiya rejasi 17 million dollarga bajarilmay qoldi, “Oʻztransgaz” va “Oʻzmetkombinat” kompaniyalarida esa investitsiyalar hajmi ikki barobarga qisqardi. “Oʻzsuvtaʼminot”da pasayish 20 foizni tashkil etdi.

Prezident mazkur kompaniyalar rahbarlariga qatʼiy koʻrsatma berdi: joriy yilning birinchi choragida vaziyat oʻzgarmasa, ularning faoliyati qayta koʻrib chiqiladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.