Devid Linch hayotdan koʻz yumdi: kino sanʼatini oʻzgartirgan rejissyor

Dunyo

16-yanvar kuni afsonaviy kinoijodkor 78 yoshida vafot etgani maʼlum boʻldi. 2024-yilda Linch oʻpka emfizemasi bilan kasallanganini, ammo ruhiy tetikligini saqlab qolganini aytdi. Uning sanʼatga qoʻshgan hissasi “Malxoland Drayv” va “Tvin Piks” kabi mashhur asarlari bilan qayd etilgan.

Foto: AFP

16-yanvar kuni amerikalik rejissyor va ssenariy muallifi Devid Linch vafot etgani maʼlum boʻldi. U 78 yoshda edi. Fojiali voqea haqida uning oilasi ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

“Dunyo aql bovar qilmaydigan odamni yoʻqotib, unda ulkan boʻshliq qoldirdi. Ammo Devidning oʻzi aytganidek: Ponchikka qarang, teshikka emas”, — deb yozilgan oilaning Facebookdagi sahifasidagi bayonotida.

2024-yil avgust oyida Linch koʻp yillik chekish tufayli oʻpka emfizemasi bilan kasallanganini va kasalligi tufayli koʻchaga chiqa olmasligini aytdi. Shunga qaramay, u oʻzini “ajoyib” his qilayotganini va nafaqaga chiqishni rejalashtirmayotganini taʼkidladi.

Faoliyati davomida Devid Linch koʻplab mukofotlarga sazovor boʻldi. U “Malxoland Drayv,” “Fil odam” va “Koʻk baxmal” filmlarini rejissyorlik qilgani uchun uch marta “Oskar” nominatsiyasiga nomzod boʻlgan. Uning soʻnggi yirik ishi 2017-yilda chiqqan “Twin Peaks: The Return” seriali edi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.