Oʻzbekiston prezidenti 16-yanvar kuni tutqunlikda, yarim erkin sharoitlarda yoki sunʼiy yaratilgan yashash joylarida saqlash taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash uchun javobgarlikni belgilovchi qonunni imzoladi.
Bundan buyon bunday harakatlar hayvonlarni musodara qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha, yaʼni 1,87 million soʻmdan 3,75 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda jarima solishga olib keladi.
Agar qonunbuzarlik odamlarning sogʻligʻiga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazsa, ammo jinoyat alomatlari boʻlmasa, jarima BHMning 30-50 baravarigacha (11,25 million soʻmdan 18,75 million soʻmgacha) oshiriladi, hayvonlar ham musodara qilinadi.
Ushbu qonun qabul qilinguniga qadar bunday meʼyorlar mavjud emas edi.