Tehronda 18-yanvar kuni ertalab Oliy sud binosi yonida otishma sodir boʻldi, natijada ikki nafar sudya halok boʻldi, yana biri jarohat oldi. IRNA agentligi xabariga koʻra, hujumchi hujumdan soʻng oʻzini oʻldirgan.
Tehran Times nashrining xabar berishicha, qurbonlar terrorizm va josuslikda ayblanganlar ishlari bilan shugʻullangan sudyalar Ali Raziniy va Muhammad Mogʻisex boʻlgan.
Eron hukumati voqeani terrorchilik harakati deb baholamoqda.