2024-yilda Oʻzbekistonda 5716 ta korrupsiyaviy jinoyat qayd etilgan boʻlib, ularda 7 mingga yaqin shaxs ishtirok etgan. Shundan 309 tasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi hokim yordamchilari faoliyati bilan bogʻliq.
Korrupsiyaga oid jinoyatlarning eng koʻp soni Toshkent, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida qayd etilgan boʻlsa, eng kam koʻrsatkichlar Buxoro va Xorazm viloyatlarida kuzatilgan.
Korrupsiya mamlakat taraqqiyotiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatib, iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlikning kuchayishiga sabab boʻlmoqda.