Tolibon barcha harbiy texnikani qaytarib olmaguncha AQSHdan pul olmaydi — Tramp

Dunyo

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Bayden maʼmuriyatini Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqib ketgani uchun tanqid qilib, voqeani “falokat” deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, Afgʻonistonga har yili yuboriladigan milliardlab dollarlar mamlakatda qoldirilgan Amerika texnikasi qaytarilgunga qadar muzlatilishi kerak.

Foto: AP

Bugun, 20-yanvar kuni AQSHning 47-prezidenti sifatida qasamyod qabul qilishi kerak boʻlgan Donald Tramp Vashingtondagi Capital One sport maydonida oʻz tarafdorlari oldida mitingda nutq soʻzladi.

Tramp oʻz nutqida Jo Bayden maʼmuriyatini Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqishni tashkil etgani uchun keskin tanqid qilib, uni Amerika harbiy texnikasining katta zaxiralarini toliblarga berganlikda aybladi.

Trampning taʼkidlashicha, avvalgi maʼmuriyatning saʼy-harakatlari natijasida AQSH katta miqdordagi soliq toʻlovchilarning Afgʻonistonga yoʻnaltirilishi davom etayotgan, u yerda qoldirilgan texnika esa Tolibon qoʻlida boʻlgan vaziyatga tushib qolgan.

“Bayden maʼmuriyati Amerika harbiy texnikasining katta qismini dushmanga topshirdi. Bilasizmi, biz Afgʻonistonga har yili milliardlab dollar toʻlab kelganmiz? Agar biz Afgʻonistonni moliyalashtirishni davom ettirsak, ularga texnika va uskunalarimizni qaytarib bermagunlaricha pul olmasliklarini ayting”, — dedi Tramp.

Tramp Afgʻonistonga moliyaviy yordam koʻrsatish shartlarini qatʼiylashtirish va operatsiyalar yakunlangandan keyin qolgan harbiy mulkni qaytarishni talab qilish niyatida ekanini bildirdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.