“COSCOM” kompaniyasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan boʻrttirilgan bayonotlarni joylashtirganligi uchun jarimaga tortildi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.
COSCOM (Ucell) tomonidan OAVda joylashtirilgan bir qator reklama materiallarida maʼnoni boʻrttirib koʻrsatadigan iboralardan foydalanish holatlari aniqlandi.
Shu munosabat bilan qoʻmita maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilganligi yuzasidan ish qoʻzgʻatilib, kompaniyaga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, kompaniyaga qoidabuzarlikni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarning oldini olish boʻyicha koʻrsatma berildi.
“Qoʻmita maxsus komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan tomon qoʻmita apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega”, — deyiladi xabarda.