Navoiyda Kia haydovchisi YPX inspektorini urib oʻldirdi

O‘zbekiston

Navoiy viloyatida 15 yoshli maktab oʻquvchisi YPX xodimini urib, voqea joyidan qochib ketdi. Huquq-tartibot xodimi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etdi.

Navoiyda YPX inspektori 16 yoshli oʻsmir boshqarayotgan mashina urib ketishi oqibatida halok boʻldi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Hodisa 19-dekabr kuni soat 1:45 da sodir boʻldi. Navoiy viloyati YHXB yoʻl-patrul xizmati inspektori Jasurjon Muhammadov Navoiy shahridagi Islom Karimov koʻchasida xizmat qilarkan, raqam belgisiz va yoʻl harakati qoidalarini buzib ketayotgan Kia Sonet rusumli avtomobil haydovchisiga toʻxtash ishorasini berdi.

Biroq haydovchi “toʻxta” ishorasiga boʻysunmay, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib, inspektorni urib ketdi. Shundan soʻng u voqea joyidan qochib ketdi. Inspektor voqea joyida jon berdi.

Tergov natijasida Kia Sonet avtomobilini 2008-yilda tugʻilgan, 10-sinf oʻquvchisi S.M. boshqarganligi aniqlandi. Mashina uning otasiga tegishli ekan. Avtomobil yashirib qoʻyilgan holda topildi va jarima maydonchasi (shtrafstoyanka)ga olib ketildi.

Tergov davom etmoqda.

Inspektor Muhammadov 1993-yilda tugʻilgan, ikki farzandning otasi edi. U ichki ishlar organlari tizimida 2017-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.