Bogdan Guskov UFC 311da gʻalaba qozonib, katta gonorarga ega boʻldi

O‘zbekiston

Oʻzbekistonlik UFC jangchisi amerikalik Billi Elakana bilan toʻqnash kelib, ikkinchi raundda gʻalaba qozondi. Musobaqa uchun sportchi gonorar va bonuslar bilan birga 86 ming dollar oldi.

2025-yil 19-yanvar kuni oʻzbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov UFC 311 turnirida navbatdagi jangini oʻtkazdi.

Unga amerikalik sportchi Billi Elakana raqiblik qildi. Jang Guskovning ikkinchi raunddagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

“MMA Junkie” xabariga koʻra, oʻzbekistonlik ushbu jangda qariyb 86 ming dollar ishlab topgan. Summaga 43 ming AQSH dollari miqdoridagi gonorar va xuddi shu miqdordagi bonuslar kiradi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.