2025-yil hosilidan oʻz mablagʻlari yoki tijorat kreditlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan va uni birjada sotgan xoʻjaliklarga shakllantirilgan hisobvaraq-faktura summasining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi
Paxta xomashyosini yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni toʻlaydigan xoʻjaliklar uchun yigʻim-terim yilining oxirigacha (tegishli yilning 31-dekabriga qadar) toʻlangan foizlarning 4 foiz bandini subsidiya shaklida qaytarish tartibi amal qiladi.
Farmonda birja orqali ishlashning quyidagi qoidalari ham belgilangan:
-
Fyuchers shartnomalari joriy kalendar yilning 1-noyabridan keyingi yilning 1-iyunigacha xoʻjaliklar va qayta ishlovchilar oʻrtasida erkin shakllanadigan narx boʻyicha tuziladi, bu narx eʼlon qilingan boshlangʻich narxdan past boʻlmasligi kerak.
-
Forvard shartnomalari joriy yilning 1-noyabridan keyingi yilning 1-martiga qadar tomonlar tomonidan kelishilgan narxlar boʻyicha rasmiylashtiriladi.
-
Spot shartnomalari omborda saqlanayotgan paxta xomashyosi hajmlari boʻyicha kelishilgan narxlar boʻyicha real vaqt rejimida tuziladi.
-
Omborlari yoki ijara shartnomalari boʻlmagan xoʻjaliklar har bir yigʻim-terim yilining 1-martigacha forvard shartnomalarini yoki 1-iyungacha fyuchers shartnomalarini rasmiylashtirishi shart.